Pul qaytarish siyosati
To'lovlarni qaytarish shartlari va tartibi.
1
Umumiy qoida
Biz mijozlarimiz mamnuniyatiga intilamiz. Pul qaytarish faqat xizmat ko'rsatilmagan yoki texnik jihatdan taqdim etib bo'lmaydigan holatlarda amalga oshiriladi. Foydalanilgan davr uchun mablag' qaytarilmaydi.
2
Qaytariladigan holatlar
- Xizmat texnik sabablarga ko'ra umuman taqdim etilmagan bo'lsa
- Xatolik tufayli ikki marta to'lov amalga oshirilgan bo'lsa
- Buyurtma faollashtirilmasdan bekor qilingan bo'lsa
3
Qaytarilmaydigan holatlar
- Xizmatdan foydalanilgan davr uchun to'lovlar
- Domen ro'yxatdan o'tkazish va uzaytirish to'lovlari
- O'rnatish (setup) va bir martalik sozlash haqlari
- Aksiya yoki chegirma bilan olingan xizmatlar
- Qoidalarni buzganlik uchun bloklangan hisoblar
4
So'rovni qanday berish mumkin
Pul qaytarish so'rovi Yordam markazi orqali ticket ochish orqali topshiriladi.
1-qadamTicket oching va to'lov ma'lumotlarini ko'rsating
2-qadamSo'rov 1–3 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi
3-qadamTasdiqlansa, mablag' balansingizga yoki to'lov manbaiga qaytariladi
Qaytarish shartlari yuzasidan savolingiz bo'lsa — Yordam markaziga yozing.